Bir necha asr avvalgidek, gil bo’lagini haqiqiy san’at asariga aylantirish uzoq davom etadigan va sermashaqqat jarayon hisoblanadi.

Chinni ishlab chiqarish jarayoni qorishma tayyorlash sexidan boshlanib, unda osh va choy servislari ishlab chiqarish uchun zarur chinni qorishmasi hamda sayqal tayyorlanadi.

Chinni qorishmasi va sayqal uchun eritma doiraviy tegirmonlarda tayyorlanib, maxsus elaklardan o’tkaziladi, va magnitlash yo’li bilan boyitilib, yot unsurlardan tozalanadi. Qorishmalar filtrli va vakuumli presslarda quritilib, ma’lum muddat davomida saqlanadi. Shakl berishga tayyor bo’lgan qorishma toza matoda o’ralgan holda stolga ko’yilib, shakl beruvchi sexga, sayqal eritmasi esa xumdon sexiga pishirish uchun yuboriladi. Chinni qorishmasi va sayqal tayyorlash ustidan butun texnologik jarayon ustidan nazorat olib boriladi. Piyola, kosa, choynak kabi yumaloqsifat hamda yassi idishlar sanalgan tarelka, laganlar yarim avtomatli dastgohlarda qoliplanib boriladi.

Ushbu mahsulotlar ikki bosqichda quritilib, 2% ko’p bo’lmagan namlikda ularga qo’l mehnati yo’li bilan yarim avtomatli dastgohlarda sayqal beriladi hamda xumdonlarda – Selsiy buyicha 1300-1320 darajadagi issiqlikda pishirish amalga oshiriladi. Pishirilgandan so’ng chini buyumlar guruhlarga ajratilib, so’ngra markalashtiriladi. Ana shundan keyingina mahsulotlar bezatish sexining qo’li gul ustalariga jilo berish uchun beriladi. Naqsh solish usullariga ko’ra, - aerograflar yordamida muayyan rangdagi bo’yoqlarni purkash, muhr yordamida rasm solish xoshiyalar chizish va albatta qo’l bilan naqshlar solish, kobalt bo’yoqlari bilan bezatish, maxsus ko’zalar (Vaza)ga fotosurat joylashtirib bezak berish amalga oshiriladi. Shundan so’ng, Selsiy bo’yicha 780-800 darajadagi issiqlikda maxsus pechda qayta pishiriladi. Tayyor mahsulotlar qadoqlash sexida qadoqlangandan so’ng, xaridorlarga yetkazib berish uchun tayyor mahsulotlar omboriga yuboriladi.

«Asl Nafis» korxonasining mahsulotlari o’zining chidamligi va yengilligi, ranglarining uyg’unligi va o’ziga xos sharqona naqshlari bilan ajralib turadi. Samarqand chinnisi o’z xususiyatiga ko’ra Yevropa va Sharq mamlakatlari namunalaridan umuman qolishmaydi. Ayniqsa, tillo suvida xoshiyalangan oq idishlar to’plami, «Utro», «Atlas», «Paxta» nusxa servizlar, «6+1 serviz», Titanli «Atirgul», Oq idishlar to’plamlari, qo’l uslubida sayqal berilgan «Zebo», «Atlas», «Paxta», «Atirgullar», «Shoxi Zinda», «Go’ri Amir» va «Registon» va bejirim hisoblangan Xitoy gullari aks ettirilgan chinnilari tobora chet davlatlariga eksport qilishga arzigulik mahsulotlar bo’lib turibdi. Hozirda korxonamiz tomonidan Kosa, Piyola, yumaloqsimon Salatnisa, to’rtburchaksimon Salatnisa, Tarelka, Lagan, Choynak, Mevadon, Sousnisa, Bokal, Tuzdon, Salfetnisa va Kuldonlar uzluksiz ishlab chiqarilmoqda.

Fransiya va Xitoy texnologiyalari asosida xalkaro standartlarga javob beradigan chinni mahsulotlarmiz hozirgi kunda qo’shni Qirgiziston, Qozog’iston, Tojikiston, Afg’oniston va Ozarbayjon davlatlariga eksport qilinmoqda.

«Asl Nafis» MChJning chinni idishlari xoh osiyolik bo’lsin, xoh yevropalik bo’lsin, o’ta talabchan va nozik ta’b xaridorning didiga mos keladi. Bizning chinni majmualarimiz har qanday bayram dasturxonining ko’rki va fayzi bo’lib xizmat qiladi, qadim va xamisha navqiron, afsonaviy Samarqand ruhi va nafasini takrorlab keladi.