Asosiy menyu

Yangiliklar

“Asl Nafis” MChJ  O’zbekiston aholisini Navro’z bahorgi yangilanish bayrami bilan tabriklaydi. Ushbu yorqin kunda kompaniya barchaga chin dildan yaxshilik, muhabbat va oilaviy totuvlik tilab qoladi. Xonadoningiz quvonch va xursandchiliklarga to’lsin, hayotingizda bayram timsoli bo’lgan yangilanish ro’y bersin. 
Payshanba, 28 Dekabr 2017 08:02

Yangi texnologiya joriy etildi

Sanoatni rivojlantirish hududiy dasturini amalga oshirish doirasida “Asl Nafis” MChJda chinni buyumlarni fransuz texnologiyasi asosida ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Korxonani modernizasiya qilish natijasida nafaqat sifat yaxshilandi, balki mahsulotni ishlab chiqarish hajmi ham oshdi. Bunda ushbu korxonada har oyda 500 million so’mlik buyumlar ishlab chiqariladi. Ayni paytda korxonada ishlab chiqariladigan chinni buyumlar nafaqat ichki bozorda sotiladi, balki Markaziy Osiyo mamlakatlariga ham eksport qilinadi. Ushbu holat korxonada ishlovchi 250 nafardan ortiq ishchilarning moddiy ahvoliga ijobiy ta’sir etmoqda. Bugungi kunda mahsulot eksporti korxona…
Samarqand shahridagi «Asl nafis» mas’uliyati cheklangan jamiyatida oyiga 1 million dona 30-35 turdagi chinni mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.  To‘rt yuzdan ortiq ishchi mehnat qilayotgan korxonada ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida joriy yilda yana bir sexni ishga tushirish rejalashtirilgan. Ayni maqsadda qiymati 2 million AQSh dollariga teng zamonaviy uskuna va 80 metrlik yuqori haroratli pech keltirib o‘rnatildi.  - Sex ishga tushgach, korxonada yiliga 60 ming dona santexnika mahsulotlari (rakovina va unitaz) ishlab chiqariladi, - deydi korxona direktori o‘rinbosari Shoyim Hamdamov. - Eng muhimi,…
“Asl Nafis” MChJ eksportchi korxonalardan biri hisoblanadi. U chinni buyumlar ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi. Ushbu korxonada bir yilda o’rtacha 12 million dona turli xil va o’lchamdagi idishlar ishlab chiqariladi. Yuqori sifati, dizayni va saqlab qolingan O’rta Osiyo ramzi sharofati bilan buyumlar nafaqat ichki bozorda, balki chet el bozorlarida ham yuqori talabga ega. Har kuni korxonaning oltita sexida qariyb 400 nafar ishchi mehnat qiladi. Ularning aksariyatini ayollar va kasb-hunar kollejlarini bitiruvchi qizlar tashkil etadi. Joriy yilda tashkilot rahbariyati ishlab chiqariladigan mahsulot…