Dastlabki chinni idishlar to‘liq qo‘lda yasalgan, ammo zamonaviy texnologiyalar bizga 8 ta bosqichdan iborat bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonini tezlashtirishga imkon beradi:

Процесс производства

01

Xom ashyo ishlab chiqarish

Chinni, qoliplanadigan va quyiladigan materiallari ishlab chiqariladi.

02

Suspenziy ishlab chiqarish va tozalash

Keyinchalik elak va magnit usul bilan tozalanadigan suspenziya ishlab chiqariladi.

03

Vakuumli presslarda mahsulotni qayta ishlash

Mahsulotlar vakuumli presslarda qayta ishlangandan so‘ng bir necha kun davomida saqlanadi.

04

Massani qoliplash sexiga o'tkazish

Tayyorlangan massa stollarga yotqizilib, qoliplash sexiga o‘tkaziladi.

05

To'liq texnologik boshqaruv zanjiri

Tayyorlangan xomashyo to‘liq texnologik boshqaruv zanjiridan o‘tadi.

06

Mahsulotlarni yoqish va saralash

Quritilgandan keyin mahsulotlar 1320-1350 daraja issiqlikda qizdiriladi. So‘ngra barcha mahsulotlar guruhlarga ajratiladi va markalanadi.

07

Bo'yoqlash

Havo cho‘tkalari yoki shtamplar yordamida rasm chiziladi. Idishlar naqshlar va zar chiziqlar bilan bezatiladi.

08

Bo'yoqni qotirish

Olingan bezak mufel pechida 780-800 daraja haroratda tushiriladi.

ASL NAFIS

Chinni ishlab chiqarish ustalar qalbini jo qiladigan shunday bir mehnattalab jarayon. Bizning professional xodimlarimiz eng yuqori sifatli idishlar ishlab chiqarib, bu jarayonni jadallashtirishmoqda.